Milli Bobbi Braun Netflix romantik komediyasida rol o‘ynaydi

“Juda g‘alati ishlar” seriali yulduzi Milli Bobbi Braun Netflix tomonidan taqdim etilayotgan “Just Picture It” (O‘zbekcha tarjimasi: “Shunchaki tasavvur qil”) nomli yangi romantik komediyaning bosh rolida suratga tushadi.
Braunga Gabriel LaBell (“Fabelmanlar”, “Shanba kechasi shou”) hamrohlik qiladi. Film syujeti ikki talaba haqida bo‘lib, ularning telefonlari bir vaqtning o‘zida nosozlikka uchraydi va ularga birgalikdagi kelajaklaridan fotosuratlarni ko‘rsata boshlaydi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
O‘n yildan so‘ng qahramonlar turmush qurib, farzand tarbiyalayotgan bo‘lishadi. Filmni Li Toland Kriger (“Adalin asri”) rejissyorlik qiladi. Ssenariyni Jessi Laski (“Reanimatsiya”) yozgan. Braun kartinaga prodyuserlik ham qiladi.
“Juda g‘alati ishlar” serialining yakuniy mavsumi Netflix’da 26-noyabrdan namoyish etila boshlanadi.