Milliy kutubxona yaqinidagi ko‘chalar besh kunga yopiladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yaqinidagi ko‘chalar Toshkent Gullari Festivali o‘tkazlishi munosabati bilan transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Festival munosabati bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Hokimlik matbuot xizmati haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.