Mish-mish: “Juda g‘alati ishlar” yaratuvchilari Paramount bilan hamkorlik qilishi mumkin
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Juda g‘alati ishlar” serialining asoschilari Ross va Mett Daffer dekabr oyida serialning yakuniy mavsumi nihoyasiga yetgach, Paramount bilan ishlashga tayyorlanmoqda.
Tarqalgan ovozalarga ko‘ra, hozirda shou-rannerlar kelajakdagi mehnat shartnomasi shartlarini faol muhokama qilishmoqda.
Bitimga, jumladan, ham seriallar, ham xalqaro namoyishga chiqariladigan to‘liq metrajli filmlar ustida ishlash kiritilgan.
Biroq Dafferlar Paramountning striming xizmatida ishlamasligi taxmin qilinmoqda.