Model Nigina Faxriddinova qanday qilib ozgani haqida ochiq gapirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur model Nigina Faxriddinova o‘z obunachilari bilan qancha vazn yo‘qotgani haqida o‘rtoqlashdi. U bu ma’lumotni Instagram sahifasida e’lon qildi.
Muxlislaridan birining savoliga javob berarkan, u sakkiz oy ichida 27,5 kilogramm vazn tashlashga erishganini aytib o‘tdi.
Faxriddinovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday natijaga erishishi uchun u parhez va muntazam mashqlarni uyg‘unlashtirgan. U tezkor yo‘llar yoki zararli usullar emas, balki sog‘lom turmush tarzini tanlaganini ta’kidladi.
Modelning bu muvaffaqiyati ko‘plab muxlislarni ilhomlantirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda unga qo‘llab-quvvatlovchi izohlar yog‘ildi va ko‘plar undan motivatsiya olishayotganini yozishdi.