Modrich jahon chempionati saralashida gol urgan eng keksa yevropalik futbolchiga aylandi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xorvatiyalik yarimhimoyachi Luka Modrich Yevropada jahon chempionati saralash bosqichida gol urishga muvaffaq bo‘lgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Xorvatiya terma jamoasi Chexiya terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Modrich 39 yosh-u 9 oyligida gol urgan.
Bungacha rekord bosniyalik hujumchi Edin Jekoga tegishli edi. U San-Marinoga 39 yosh, 2 oy va 12 kunligida gol urgan.
Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Modrich “Real” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Yozda uning madridliklar bilan shartnomasi yakunlandi, hozirda u erkin agent hisoblanadi.