Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayeva bir kunda nechta to‘y o‘tkazadi?

Munisa Rizayeva bir kunda nechta to‘y o‘tkazadi?

Xonanda Munisa Rizayeva Toshkentga qaytgandan keyin to‘y marosimlariga faol chiqa boshladi.

U 26-fevral kuni poytaxt restoranlaridagi to‘rtta to‘yda chiqish qilib, o‘zining eng taniqli taronalarini ijro qildi.

San’atkor gohida o‘ntalab to‘ylarga ham boradi. U odatda to‘yni to‘liq o‘tkazish uchun tushadigan takliflarni olmaydi.

Rizayeva, shuningdek, 25-fevral kuni o‘zining yangi “Unutay” deb nomlangan taronasini taqdim etdi. Uni muxlislar iliq kutib oldi.