Munisa Rizayeva ilk bor o‘g‘lini ko‘rsatdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Munisa Rizayeva 3 oyga to‘lgan o‘g‘li bilan o‘ynayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Unda qo‘shiqchi farzandiga bolalar uchun mo‘ljallangan “Pogremushka” qo‘shig‘ini aytib berayotganini ko‘rish mumkin.
Munisaning aytishicha, o‘g‘li aynan shu taronani sevib tinglaydi. Storisdagi videoda ham chaqaloq miriqib raqsga tushayotgani aks etgan.
San’atkor hozirgacha bolasining ismini oshkor qilmagan. U, shuningdek, turmush o‘rtog‘i Arseniy Argentinadan qachon kelishini ham aytmagan.