Munisa Rizayeva Jennifer Lopes bilan tushgan suratini e’lon qildi

O‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayeva Instagram sahifasida obunachilari e’tiborini darhol tortgan suratni ulashdi — unda u amerikalik mashhur yulduz Jennifer Lopes bilan birga tushgan.
U suratga “My love” (“Qadrligim”) deb izoh qoldirdi, shuningdek, Munisa “Hammangizga kulib qo‘ydim” va “JLo va uning muxlisi” deb qo‘shib qo‘ydi. Muxlislar taxmin qilishicha, surat kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan va ko‘plab o‘zbek mashhurlar, jumladan, Munisaning o‘zi ham qatnashgan konsertdan so‘ng olingan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Munisa Rizayeva Jennifer Lopes bilan hamkorlikda qo‘shiq yozish g‘oyasini masxara qilganlarga javob qaytargandi. Bu haqda batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Shuningdek, Jennifer Lopesning o‘zi ham Toshkent, odamlar va konsert haqida batafsil fikr bildirgan. Bu haqda ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.