Munisa Rizayeva kutilmagan yangilikni e’lon qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Munisa Rizayeva to‘y liboslari biznesiga kirishi mumkin. U Jetaime brendi asoschisi Nazima Hayitmetova bilan ko‘rinish berdi.
Gap shundaki, opa-singil Rizayevalar yirik tadbirda premium kelin ko‘ylaklarni sotuvchi brend ta’sischisi bilan ko‘rishgan va bir qancha loyihalarni atroflicha muhokama qilgan.
Nazima Hayitmetova bu uchrashuvni o‘z storisiga joylab, “Tez kunda” deya izoh yozgan. O‘z navbatida, bu storisni Munisa Rizayeva ham ulashgan. Demak, tez orada yirik yangilik bo‘ladi.
Ayni damda san’atkor sekin-astalik bilan Toshkent shahridagi to‘y-tomoshalarga chiqmoqda. U bir kunda 4-5 ta nikoh oqshomiga boryapti. Avvallari xonanda bir ish kunida o‘ntagacha to‘y olardi.