Munisa Rizayeva nima sababdan ijodni yaxshi ko‘rishini aytdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Munisa Rizayeva ijod qilishiga asosiy sabab ashaddiy muxlislari ekanini aytdi.
San’atkor bu haqdagi videoni Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. Unda Rizayeva yomg‘ir ostida kuylayotgani aks etgan.
Muxlislar esa xuddi shu yomg‘ir tagida Munisani tinglab, uning xit taronalariga betinim raqsga tushgan.
Video ostidagi izohlarda qo‘shiqchining muxlislari doim shunday shijoatga to‘la bo‘lib qolishi va yangi taronalarni chiqarishini so‘rab yozishgan.