Munisa Rizayeva oilasiga oid sirni oshkor qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Munisa Rizayeva 31-mart kuni bahoriy kayfiyat bagʻishlovchi videopostni eʼlon qildi.
Unga sanʼatkorning 2024-yilda chiqarilgan “Aka-makasi” taronasidan fragment ilova qilingan.
Izohda esa Munisa turmush oʻrtogʻi Arseniyga murojaat qilib, “Dadasi, tezroq keling” deya yozgan.
Ayni vaqtda Arseniy Moroz Buenos-Ayres shahrida vaqtincha yashab, biznes bilan shugʻullanmoqda.