Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayeva oilaviy hayotiga oid sirli yangilikni eʼlon qildi

Munisa Rizayeva oilaviy hayotiga oid sirli yangilikni eʼlon qildi

Xonanda Munisa Rizayeva Toshkent shahridagi hovlilardan biriga koʻchib oʻtmoqchi. U turmush oʻrtogʻi bilan shu qarorga kelishganini taʼkidladi.

Maʼlum qilinishicha, Arseniy qoʻshiqchiga kengroq maskanda istiqomat qilish taklifini bergan. Ayni vaqtda Munisa poytaxtdagi hovlilarni bir oʻzi koʻzdan kechirmoqda.

Jumladan, 9-fevral kuni sanʼatkor 2 qavatli oq marmar bilan bezatilgan turar-joyni borib koʻrgan. Videodan loyiha ombor va uning ichidagi basseyni ham oʻz ichiga olishini koʻrish mumkin.

Shu bilan birga, Rizayeva tez kunda yangi ijod namunasini muxlislari eʼtiboriga taqdim etish arafasida. U bastakor Jasur Badalbayev bilan oʻziga xos tarona ustida ish olib bormoqda.