Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayeva qizlarga jiddiy murojaat bilan chiqdi

Munisa Rizayeva qizlarga jiddiy murojaat bilan chiqdi

Xonanda Munisa Rizayeva turmushga chiqish arafasida bo‘lgan qizlarga bir qancha maslahatlar berdi.

U qizlardan turmush o‘rtoq tanlash masalasiga ongli yondashishni so‘ragan, odam har doim birinchi ko‘ringanidek bo‘lmasligini aytgan.

“Agar siz haqoratlangan, kaltaklangan yoki manipulyatsiyga uchragan bo‘lsangiz, keting. Sizning farovonligingiz va xotirjamligingiz eng muhimi”, — deydi u.

U video davomida erkaklar tomonidan ishlatiladigan bir qancha iboralarni qayd etib, bunday kishilardan tezroq ketish kerakligini va sabr qilmaslikni uqtirgan.