Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayeva shaxsiy hayotiga oid katta sirni ochiqladi

Munisa Rizayeva shaxsiy hayotiga oid katta sirni ochiqladi

Xonanda Munisa Rizayeva namoz o‘qiyotganini ma’lum qildi. U shu sababdan tirnog‘ini o‘stirmayotganini aytgan.

Instagram`dagi jonli efir vaqtida muxlislardan biri qo‘shiqchidan tirnoqlarini ko‘rsatishni so‘ragan. Munisa esa tirnog‘ini ko‘rsatgan.

“Mana, bo‘yoq ham yo‘q, o‘stirmayapman ham. Chunki namoz o‘qiyapman, shu bois bunday ishlar menga mumkin emas”, — deb ta’kidlagan xonanda.

Ayni vaqtda Munisa Rizayeva faol ravishda kundalik hayotga qaytishga tayyorlanmoqda. U Toshkentda bir qancha to‘ylarda ham chiqish qilishga ulgurdi.