Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayeva soch to‘kilishidan shikoyat qildi

Munisa Rizayeva soch to‘kilishidan shikoyat qildi

Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilariga murojaat qilib, sochlari to‘kilayotganidan shikoyat qildi.

U Instagramdagi sahifasida chig‘anoqda ko‘p miqdorda soch to‘kilganini ko‘rsatuvchi videoni joylashtirdi.

Xonanda “Savol-javob” qilib, “Mening sochlarim juda ko‘p to‘kilib ketyapti, nima qilay, do‘stlar?” deb yozdi.

Eslatib o‘tamiz, Munisa Rizayeva birinchi marta 2024-yil 24-noyabrda ona bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davr bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlar soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin degan taxmin paydo bo‘ldi.