Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tabrikladi

Xonanda Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tabriklab, Instagram sahifasiga yoqimli suratlarini joyladi. Suratlarda turmush o‘rtog‘i Munisani mehr bilan o‘pib turganini ko‘rish mumkin.
Munisa postiga yozgan izohida unga shunday murojaat qilgan: “Tug‘ilgan kuningiz bilan, sevgilim. Siz mening suyanchig‘im, xotirjamligim, kuch-qudratimsiz! Siz bilan o‘zimni haqiqatdan sevimli va himoyalangan his qilaman.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
G‘amxo‘rligingiz, sabrli bo‘lganingiz va hatto o‘zim shubhalanayotganimda ham menga ishonganingiz uchun rahmat sizga. Hayotimga qanchalik nur olib kirgan bo‘lsangiz, sizning hayotingiz ham shunchalik nurli bo‘lsin ilohim”, — deb yozadi xonanda.
Uning tabrigi ko‘plab muxlislarni ta’sirlantirdi. Izohlarda ularga baxt va muhabbat tilab qolishdi.