Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayeva vanihoyat farzandining yuzini koʻrsatdi

Munisa Rizayeva vanihoyat farzandining yuzini koʻrsatdi

Xonanda Munisa Rizayevaning chaqalogʻi 4 oylik boʻldi. Sanʼatkor shu munosabat bilan unga kichik tort sovgʻa qildi.

“Biz bugun toʻrt oylik boʻldik”, — deb taʼkidlaydi Munisa storisga joylangan videoda. Tasvirlardan koʻrinib turibdiki, bolakay boshini bemalol koʻtarmoqda.

Qoʻshiqchi 2024-yilning 24-noyabr sanasida Argentinada ilk farzandini dunyoga keltirgandi. Unga turmush oʻrtogʻi va onasi hamrohlik qilgan.

Rizayeva yaqinda bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida umr yoʻldoshi Arseniy Moroz qachon Argentinadan Toshkentga qaytishini aytgandi.