Munisa Rizayeva vanihoyat oʻgʻlining yuzini koʻrsatdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Munisa Rizayeva farzandli boʻlganidan qariyb 5 oy oʻtgach, oʻgʻlining yuzini koʻrsatdi.
Rizayeva tomonidan Instagramʼdagi storisiga joylangan videoda chaqaloqni enaga koʻtarib turganini koʻrish mumkin.
Xonanda oʻgʻlining yuzini qoʻli bilan yopib turadi, ammo bir payt kadr qimirlaganda bolakayning yuzi koʻringan.
“Mening shirintoyim”, — deya farzandini erkalagan xonanda. Videodan ular shahar tashqarisida ekanini anglash mumkin.