Munisa Rizayeva xalqaro iqtidorlar shousida hakam sifatida ishtirok etadi
Muallif:
Mahkamov Humoyun

Xonanda FTV telekanalida efirga uzatiladigan xalqaro loyihada hakamlar hayʼati safida boʻladi. Ushbu shouning birinchi mavsumi bir qancha murosasiz qarorlar bilan muxlislar eʼtiborini jalb etgandi.
Oʻzbek shou-biznesining mashhur yulduzi Munisa Rizayeva X-Factor shousida ishtirok etadi. Bu haqda qoʻshiqchining oʻzi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi.
X-Factor — dunyodagi eng mashhur vokal isteʼdodlari shousi boʻlib, ushbu format 57 ta davlatda moslashtirilgan, Oʻzbekiston esa 58-davlat hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Munisa bugun taʼtildan qaytadi va ertaga darhol suratga olish jarayonida qatnasha boshlaydi. Xonanda bunday shoularni sogʻinganini ham alohida taʼkidlagan.