Aloqada bo‘ling

Munisa Rizayevaning eri Arseniy Toshkentga qaytdi

Munisa Rizayevaning eri Arseniy Toshkentga qaytdi

Xonanda Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i Arseniy Moroz yarim yildan so‘ng Toshkentga qaytdi.

Yulduzli juftlik 2024-yilning noyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahriga ko‘chib o‘tgandi. Munisa u yerda o‘zining ilk farzandini dunyoga keltirgan.

Oradan bir necha oy o‘tib, Rizayeva o‘g‘li bilan Toshkentga qaytgan, Arseniy esa Argentinada qolgandi. Bu holat muxlislarda bir qancha savollarni keltirib chiqargan.

2025-yilning may oyi o‘rtalarida, oradan yarim yil vaqt o‘tgach Arseniy Toshkentga qaytdi. U ayoliga Dubaydan MCDonald’s restorani taomlarini olib kelishni ham unutmagan.