Munisa Rizayevaning eri soxta edimi? Xonanda javob berdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli artist Munisa Rizayeva ayni vaqtda Toshkentda yashamoqda. Uning turmush oʻrtogʻi Arseniy Moroz esa Argentinada.
Tarmoqlarda xonandaning turmush oʻrtogʻi aktyor boʻlgani, u oʻz rolini oʻynab boʻlgach, ular birga yashamayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Rizayevaga koʻra, bu gap-soʻzlarning barchasi yolgʻon. Ular oʻz vaqtida nikohdan oʻtishgan va hozir ham qonuniy er-xotin hisoblanishadi.
“Biz Argentinada koʻproq qolishni reja qilgandik, ammo farzandim juda koʻp kasal boʻla boshlagach, Toshkentga qaytdik”, — deydi qoʻshiqchi.