Aloqada bo‘ling

Namanganda 3 mingta kitobdan iborat Yangi yil archasi qad rostladi

Namanganda 3 mingta kitobdan iborat Yangi yil archasi qad rostladi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida faqat kitoblardan iborat Yangi yil archasi qad rostladi.

Tumandagi “Yoshlar ziyo maskani” kutubxonasiga o‘rnatildi. Archaning balandligi qariyb 3 metr bo‘lib, 3 mingdan ortiq kitobdan iborat.

Kutubxonada ilk bor 2021-yili shunday yangilikka qo‘l urilgan, biroq o‘shanda archaning bo‘yi va uni tiklash uchun tartib berilgan kitoblar soni hozirgidan ancha kam bo‘lgan.