Navbahor Hamidova Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschiga aylandi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

O‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu natija bilan u ushbu musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik ayol sportchiga aylandi.
MOQ axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Hamidova final jangida tajribali raqib — Turkiya vakili, uch karra jahon chempioni va Olimpiya g‘olibi Busenaz Surmenelini yirik hisobda, 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy yutuq bo‘lib, musobaqa 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunlandi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Oltin medal egasi:
- -65 kg vazn toifasi — Navbahor Hamidova.
Bronza medali sovrindorlari:
- -54 kg — Feruza Kazakova
- -75 kg — Aziza Zokirova
- -80 kg — Sohiba Ro‘zmetova
- +80 kg — Oltinoy Sotimboyeva.