Netflix “Buyuk Getsbi”ning zamonaviy talqinini ekranlashtiradigan bo‘ldi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Netflix rahbariyati “Tuproq vodiysi” nomli “Buyuk Getsbi”ning zamonaviy moslashtirilgan versiyasini ekranlashtirish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ushbu asar “Traffik” filmining ssenariy muallifi Stiven Geygan tomonidan yozilgan. Film voqealari hozirgi kun San-Fransiskosida kechadi. Geyganning nafaqat ssenariy muallifi, balki film rejissyori ham bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Frensis Skott Fitsjeraldning asl romani 1925-yilda chop etilgan edi. Asarning syujeti obligatsiyalar sotuvchisi Nik Karrouey atrofida rivojlanadi. U millioner Jey Getsbining sirli shaxsiyatiga mahliyo bo‘lib qoladi.
Romanning Leonardo Dikaprio bosh rolni ijro etgan so‘nggi ekran talqini 2013-yilda namoyish etilgan edi.