Kino

Netflix Gilermo del Toro kitobi asosida horror film chiqaradi

Netflix Gilermo del Toro kitobi asosida horror film chiqaradi

Netflix striming xizmati yangi “Temir qutidagi bola” nomli qo‘rqinchli filmni e’lon qildi. Film rejissyor Gilermo del Toro va uning hammuallifi Chak Xogan (“Shtamm”) kitoblari turkumiga asoslangan.

Syujet markazida tog‘larda majburiy qo‘nishni amalga oshirayotgan yollanma askarlar guruhi turadi. Tez orada qahramonlar tashlandiq qal’ada zanjirlar bilan o‘ralgan qutini topadi. Qutini ochganlarida, ular bir bolani ko‘rishadi va u tez orada ularni vahimaga solishni boshlaydi.

Filmning rejissyori va ssenariy muallifi Devid Prayor (“Bo‘sh odam”) bo‘ladi. Del Toro faqat prodyuserlik vazifalarini bajaradi. Bosh rollarni Jeyden Martell (“U”), Rupert Frend va Kevin Dyuran ijro etadi.

Suratga olish ishlari oktyabr oyida boshlanadi. “Temir qutidagi bola” filmining aniq chiqish sanasi hali noma’lum. Del Toro 7-noyabr kuni Netflix’da Oskar Ayzek ishtirokidagi “Frankenshteyn” filmini namoyish etadi.