Nikol Kidman va El Fanning A24 yuridik dramasida rol ijro etadi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Oskar” sovrindori Nikol Kidman va “Buyuk” seriali yulduzi El Fanning yangi “Discretion” (Ehtiyotkorlik) serialida yana birgalikda ishlashini OAV xabar qilmoqda.
Loyihani A24 studiyasi ishlab chiqaradi. Serial yozuvchi Chandler Bakerning hali e’lon qilinmagan hikoyasiga asoslanadi. Voqealar Texas shtatining Dallas shahridagi korporativ muhitda kechadi. Kidman va Fanning qahramonlari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Aktrisalar ilgari Sofiya Koppolaning “Halokatli vasvasa” trillerida birgalikda suratga tushishgan. Yaqinda ular 2026-yilda efirga uzatilishi rejalashtirilgan Apple TV+ ning “Margoning pul bilan muammosi” serialidagi suratga olish ishlarini yakunlashdi.