Kino

Nikolas Keyj “Haqiqiy detektiv”ning 5-mavsumida bosh rolni ijro etadi

Nikolas Keyj “Haqiqiy detektiv”ning 5-mavsumida bosh rolni ijro etadi

OAV xabariga ko‘ra, “Oskar” sovrindori Nikolas Keyj “Haqiqiy detektiv” antologiyasining navbatdagi beshinchi mavsumida bosh rolni ijro etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Keyingi qismlar Nyu-York shtatining Long-Aylend hududida sodir bo‘ladi. Keyj yangi ishni tergov qilayotgan politsiya zobiti Genri Logan rolini ijro etadi.

To‘rtinchi mavsumda “Tun mamlakati” ustida ishlagan Issa Lopes yana asarning yaratuvchisi bo‘ladi.

Loyihaning suratga olish ishlari 2026-yilda boshlanadi, premyerasi taxminan 2027-yilda HBO telekanalida namoyish etiladi.