Kino

Nikolas Keyj ishtirokidagi “Duradgor o‘g‘li” filmi yangi treylerga ega bo‘ldi

Nikolas Keyj ishtirokidagi “Duradgor o‘g‘li” filmi yangi treylerga ega bo‘ldi

Magnolia Pictures kompaniyasi “Duradgor o‘g‘li” nomli dahshatli filmning rasmiy treylerini e’lon qildi. Bosh rolni “Oskar” mukofoti sohibi Nikolas Keyj ijro etgan.

Film syujeti Iso Masihning bolalik davri haqida hikoya qiladi. Asos sifatida Isoning yoshligida ko‘rsatgan mo‘jizalari to‘g‘risidagi apokrifik matn — “Fomaning bolalik Injili” olingan.

Voqealar Misrda kechadi: syujetga ko‘ra, Bola o‘zining homiysi Duradgorga (Keyj) qarshi isyon ko‘taradi, shundan so‘ng g‘aroyib g‘ayritabiiy hodisalar yuz beradi.

Loyihada shuningdek, Noa Jup (“Sokin joy”), FKA twigs (“Qarg‘a”) va Suhayla Yoqub (“Dyuna 2”) ham rol ijro etishgan. Rejissyor va ssenariy muallifi Lotfi Neytan (“Bahorgacha”) hisoblanadi. Film xorijiy kinoteatrlarda 14-noyabrdan namoyish etiladi.