Pul

Norin daryosi sohili sayyohlik maskaniga aylantiriladi

Norin daryosi sohili sayyohlik maskaniga aylantiriladi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Norin GESlar atrofida tashkil etilayotgan ana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Kaskadning Uychi tumani hududidagi 20 gektar yer maydonida turistik saylgoh tashkil etilishi, ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, Bo‘ston MFY hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘oqlarida turizm loyihasi amalga oshiriladi. Undan sport maydoni, dam olish maskani, cho‘milish havzasi, kemping zonasi joy oladi.

Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan muloqot chog‘ida loyihalarga o‘z takliflarini berdi va jadallik bilan ishga kirishishni ta’kidladi.