Ob-havo ma’lumoti: 4–6-yanvar kunlari O‘zbekistonda +12 daraja iliq bo‘ladi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-5-yanvarda 1-6° iliq, 6 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 5-6-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 5-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 6-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq,; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-5 yanvarda 1-6° iliq, 6-yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-yanvarda, kechasi va ertalab 5-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 6-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq kunduzi, 4-yanvarda 1-6° iliq, 5 yanvarda 3-8° iliq, 6-yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 5-6-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq kunduzi 4-yanvarda 1-6° iliq, 5-yanvarda 3-8° iliq, 6-yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 5-6-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-yanvarda 3-8° iliq, 5-yanvarda 5-10° iliq, 6-yanvarda 8-12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-5-yanvarda 0-5° iliq, 6-yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.