Kino

“Ochilmagan ishlar bo‘limi” ikkinchi mavsumga uzaytirildi

“Ochilmagan ishlar bo‘limi” ikkinchi mavsumga uzaytirildi

Netflix Britaniyaning “Ochilmagan ishlar bo‘limi” serialining davomini rasman buyurtma qilganini Variety xabar qilmoqda.

Loyiha may oyining oxirida strimingda namoyish etildi, tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi (Rotten Tomatoes saytida 88 foiz ijobiy baho oldi) va bir necha hafta davomida Netflixning eng yaxshi o‘ntaligida joy oldi.

Serialning syujeti detektiv Karl Merk (Mettyu Gud) atrofida rivojlanadi. U muvaffaqiyatsiz ish uchun jazo sifatida Edinburg politsiya bo‘limining yerto‘lasida joylashgan yangi ochilmagan ishlar bo‘limi — “Q bo‘limi”ga o‘tkaziladi.

“Bo‘lim”ning yaratuvchisi “Shaxmat qirolichasi” asarining muallifi Skott Frenk bo‘ldi. Ikkinchi darajali rollarni Xloya Pirri, Jeymi Sives, Kelli Makdonald va boshqalar ijro etishdi.