Odri Xepbern va dizayner Jivanshi o‘rtasidagi do‘stlik haqidagi film anons qilindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Deadline nashri “Odri bilan kechki ovqat” (Dinner with Audrey) nomli yangi biografik drama ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Loyiha aktrisa Odri Xepbyorn va dizayner Yuber de Jivanshi o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik haqida hikoya qiladi.
Bosh rollarni Tomasin Makkenzi (“Soxodagi o‘tgan kecha”) va Ensel Elgort (“Drayvdagi bolakay”) ijro etadi. Ikkinchi planda Maykl Shennon (“Po‘lat odam”) paydo bo‘ladi. Rejissorlik lavozimini Abe Silviya (“Palm-Royal”) egallaydi.
Tasma voqealari Parijning bir oqshomida bo‘lib o‘tadi. Xepbern Jivanshi bilan 1953-yilda “Sabrina” filmida uchrashgan. Aktrisa 1954-yilda “Rim ta’tillari” uchun “Oskar” mukofotiga uning brendi libosini kiygan.
Kinokartinaning aniq chiqish sanasi ma’lum qilinmagan.