Sport

OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi

OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi

Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 4-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichda 3-saralashda o‘z guruhida 3- yoki 4-o‘rinni egallagan jami 6 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ular ikki guruhga bo‘linib, mundial yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Qur’a natijalariga ko‘ra, A guruhiga Qatar, BAA va Ummon jamoalari tushdi. B guruhidan esa Saudiya Arabistoni, Iroq hamda Indoneziya o‘rin oldi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

A guruhi:

  • Qatar
  • Birlashgan Arab Amirliklari
  • Ummon

B guruhi:

  • Saudiya Arabistoni
  • Iroq
  • Indoneziya

Qayd etilishicha, saralash uchrashuvlari 2025-yilning 8–14-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Har bir guruhda faqat bitta jamoa — g‘olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

O‘yinlar markazlashgan tartibda Qatar va Saudiya Arabistonida joylashgan stadionlarda o‘tkazilishi belgilangan.