Pul

OIIB O‘zbekistonga yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun 71 mln dollardan ortiq kredit ajratadi

OIIB O‘zbekistonga yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun 71 mln dollardan ortiq kredit ajratadi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) tomonidan O‘zbekistonga 71,1 million dollarlik kredit ajratish masalasida olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur mablag‘ umumiy qiymati 173,4 million dollar bo‘lgan ikki bosqichli moliyalashtirish dasturining birinchi bosqichini tashkil etadi. Ushbu kredit ajratilishi bo‘yicha yakuniy qarorni OIIB prezidenti tasdiqlashi lozim.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ajratiladigan mablag‘ning ilk bosqichi Xorazm viloyatida, ikkinchi bosqichi esa Qoraqalpog‘istonda joylashgan qishloq yo‘llarini ta’mirlash va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha hududdagi bozorlar va ijtimoiy xizmatlar bilan barqaror, iqlim o‘zgarishlariga chidamli hamda inklyuziv transport aloqalarini rivojlantirishni maqsad qilgan.