Kino

“O‘lmas gvardiya 2” uchun trikvel yaratilishi mumkin

“O‘lmas gvardiya 2” uchun trikvel yaratilishi mumkin

“O‘lmas gvardiya” filmi, chamasi, trikvelgacha kengaytiriladi. Hech bo‘lmaganda, “O‘lmas gvardiya 2” filmining rejissyori Viktoriya Maxoni shunday fikrda.

U yaqinda bergan intervyusida filmning yakuni haqida so‘zlab, keyingi qism bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Keyingi filmni kim yozishi va suratga olishini bilmayman. Buning tafsilotlaridan mutlaqo bexabarman. Faqat bitta narsani aniq aytolaman — bu juda qiziqarli va hayajonli bo‘ladi, har kim qo‘lidan kelgancha harakat qiladi”, deya ta’kidladi rejissyor.

Eslatib o‘tamiz, “O‘lmas gvardiya 2” premyerasi iyul oyining boshida bo‘lib o‘tgandi. Film tanqidchilar tomonidan past baholandi.