Opta Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba ehtimolini aniqladi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Statistika va sport tahliliga ixtisoslashgan Opta portali chorak finalchilarning turnirda chempionlikka erishish ehtimolini baholadi. Eng katta imkoniyat esa Angliyaning “Chelsi” klubiga tegishli deb topildi — londonliklarning g‘alaba qozonish ehtimoli 26,8 foiz etib baholangan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Fransiyaning “PSJ” klubi 24,9 foizlik natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni esa “Real Madrid” klubi yakunlab, 16,9 foizlik ehtimol bilan turnir favoriti sifatida ko‘rsatilgan.
Optaning hisob-kitoblariga ko‘ra, Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozonish imkoniyati quyidagicha taqsimlangan:
- “Chelsi” — 26,8%
- “PSJ” — 24,9%
- “Real Madrid” — 16,9%
- “Bavariya” — 14,8%
- “Borussiya Dortmund” — 7,6%
- “Al-Hilol” — 4,3%
- “Palmeyras” — 3%
- “Fluminense” — 1,5%
Eslatib o‘tamiz, turnirning chorak final bahslari 4-iyuldan 5-iyulga o‘tar kechasi start oladi.
Quyida chorak final juftliklari bilan tanishishingiz mumkin:
- “Palmeyras” (Braziliya) — “Chelsi” (Angliya)
- “Fluminense” (Braziliya) — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
- “PSJ” (Fransiya) — “Bavariya” (Germaniya)
- “Real Madrid” (Ispaniya) — “Borussiya Dortmund” (Germaniya)