“O‘rgimchak odam: Koinotdan tashqarida” filmi premyera sanasi yana o‘zgartirildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Sony Pictures “O‘rgimchak odam: Koinotdan tashqarida” filmining namoyishini bir haftaga oldinroqqa ko‘chirdi. Endi animatsion superqahramonlik filmi 2027-yil 25-iyun emas, balki 18-iyunda ekranlarga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu multfilm Maylz Morales va uning do‘stlarining parallel olamlardagi sarguzashtlari haqidagi trilogiyaning rasmiy yakunlovchi qismi bo‘lishi kutilmoqda.
Uchinchi qismda bosh qahramon o‘zining qora nusxasi — Daydivashtga qarshi kurashga kirishishi kerak bo‘ladi.
“O‘rgimchak odam: Koinotlar aro” filmining birinchi qismi tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyat qozondi va hatto yilning eng yaxshi animatsion filmi nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.