“O‘rgimchak odam: Koinotlar tashqarisida” filmining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

Sony kompaniyasining “O‘rgimchak odam: Koinotlar tashqarisida” animatsion franshizasi uch qismli seriyasining so‘nggi filmi xalqaro namoyishga dastlab rejalashtirilganidan uch hafta kech chiqariladi.
Premyera sanasi 2027-yil 4-iyundan 2027-yil 27-iyunga ko‘chirildi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Ma’lum bo‘lishicha, filmning kechikishiga Amerika maktablaridagi ta’tillar sabab bo‘lgan. Chunki “O‘rgimchak odam”ning asosiy tomoshabinlari o‘smirlardir. Sony prodyuserlari zallarni to‘ldirishni maqsad qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘rgimchak odam: Koinotlar tashqarisida” Maylz Morales (Shamik Mur) sarguzashtlari haqidagi animatsion filmlar seriyasining yakuniy qismi bo‘ladi.