Pul

Ortiqcha to‘langan soliqlar endi boshqa yo‘nalishga yo‘naltirilishi mumkin

Ortiqcha to‘langan soliqlar endi boshqa yo‘nalishga yo‘naltirilishi mumkin

26-iyun kuni prezident tomonidan imzolangan qonun orqali ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, Soliq kodeksiga kiritilgan yangiliklardan biri — soliq jarayonlarida qo‘llaniladigan elektron hujjatlarni tasdiqlashda Face-ID yoki barmoq izlari kabi shaxsni aniqlashga xizmat qiluvchi usullar endi elektron raqamli imzoga tenglashtirilishi belgilandi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Shuningdek, ortiqcha to‘langan soliq mablag‘larini boshqa soliqlar bo‘yicha kelajakdagi to‘lovlarga yo‘naltirishga ruxsat berildi. Ilgari soliq to‘lovchining qarzdorligi bo‘lmasa, faqat tegishli soliq turi bo‘yicha yoki mablag‘ni qaytarish shaklida harakatlanish mumkin edi.

Endilikda esa, boshqa soliqlar bo‘yicha hisobga olish soliq to‘lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bu jarayon soliq organlari tomonidan 3 ish kuni ichida bajarilishi lozim bo‘ladi. Avvallari bu muddat 15 kun edi.

Yana bir yangilik — qishloq xo‘jaligi, jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti endi “Suv hisobi” axborot tizimi va vakolatli idoralarning ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Bundan tashqari, “Mahalla servis” korxonalari tomonidan mahallalarda obodonlashtirish ishlari va ijtimoiy ahamiyatga ega pulli xizmatlarni ko‘rsatish orqali olinadigan mablag‘lar daromad sifatida hisobga olinmaydi. Ushbu korxonalar mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlardan ozod etiladi, ularning xodimlaridan daromad solig‘i undirilmaydi.

Shuningdek, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolar hamda ularning turmush o‘rtog‘ining ish haqi va boshqa daromadlari endilikda soliqdan ozod etiladigan daromad turlariga kiritildi. Bu imtiyoz belgilangan tartibdagi hujjatlar asosida taqdim etiladi.