“O‘yinchoqlar tarixi 5”ning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Pixar studiyasi yaqinlashib kelayotgan “O‘yinchoqlar tarixi” franshizasining beshinchi filmining ba’zi tafsilotlarini oshkor qildi.
Masalan, yangi qismning bosh yovuz qahramoni qurbaqa shaklidagi “Lili-pad” deb nomlangan bolalar plansheti bo‘ladi. Kovboy Vudi, astronavt Bazz Layter va ularning do‘stlari o‘z bekasi qiz Bonnining e’tiborini saqlab qolish uchun hamma narsani qilishga majbur bo‘ladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Tom Xenks, Tim Allen va Joan Kyusak qahramonlarni ovozlashtirishga qaytadi. Rejissyor - Endryu Stenton (“Nemoni izlab”). “O‘yinchoqlar tarixi 5” 2026-yil iyun oyida chiqadi.