Pul

“O‘z-o‘zini band qiladigan kishi oyiga bemalol $1000 topish mumkin.” O‘zbekistondagi dizaynerning modalar makonida rezidentga aylangan hikoyasi

Muallif: Masha Mashkova
“O‘z-o‘zini band qiladigan kishi oyiga bemalol $1000 topish mumkin.” O‘zbekistondagi dizaynerning modalar makonida rezidentga aylangan hikoyasi

Sevimli mashg‘ulot nafaqat maroqli vaqt o‘tkazish, balki asosiy daromad manbai ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa YaTT (yakka tartibdagi tadbirkorlik) ochish, katta jamoa yollash yoki hatto asosiy ishdan voz kechish ham shart emas. Shunchaki o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomini rasmiylashtirish kifoya — va hayotingizni osongina ikki yo‘nalishda olib borishingiz mumkin. TBC Bank bilan birgalikda qanday qilib orzuni shaxsiy brendga aylantirish mumkinligi haqida zargarlik buyumlari dizayneri Vladislava Beryoznikova bilan suhbatlashdik.

Bugungi kunda Vladislava galvanoplastika bo‘yicha mutaxassis, misdan yasalgan noyob taqinchoqlar brendi asoschisi hamda Teplo Store — o‘zbek va xorijlik moda ixlosmandalari uchun mashhur “shopping makoni” — rezidentidir. Ammo bu yo‘l darrov boshlangan emas, o‘z ishiga bo‘lgan orzu esa iste’dod, jasorat va o‘z-o‘zini band qiadilgan shaxs maqomi tufayli ro‘yobga chiqdi.

“Men har doim biznesga yaqin inson bo‘lganman, ko‘p yillar reklama sohasida ishladim, biroq ijodga tortilishim kuchli edi, qo‘llarim bilan biror narsa yaratishni juda istardim. Mualliflik taqinchoqlarini yasash menga avval shunchaki hobbi bo‘lib tuyulardi, lekin asta-sekin hayotimni to‘liq egallab oldi.”

Vladislavaning ilk ustaxonasi — o‘z hovlisi bo‘lgan. Keyin esa u “Navruz” parkiga ko‘chdi — bu yerda hunarmandlar jamoasi joylashgan, ijodiy muhit hukmron. Aynan shu muhit ko‘plab ofis xodimlari orzu qiladigan joy. Shunda Vladislava bu ish bilan jiddiy va uzoq muddat shug‘ullanish kerak degan qaror qabul qiladi. Demak, endi o‘z-o‘zini band qilish maqomini rasmiylashtirish vaqti kelgan. Bu esa boshlovchilar uchun eng oddiy va qulay yo‘l bo‘lib, foydasi kamchiliklaridan ancha ustun.

“Ijodkor inson uchun — agar u qonuniy ishlamoqchi, pul o‘tkazmalarini olish va soliqdan qo‘rqmaslikni xohlasa — o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomi yetarli. Hammasi toza va shaffof. Faqat belgilangan limitdan oshib ketmaslik kerak.”

Dizayner fikriga ko‘ra o‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari:

  • O‘z-o‘zini band qilish — boshlovchilar uchun ideal boshlanish nuqtasi, hali direktor bo‘lishga, YaTT ochishga va murakkab biznes jarayonlariga tayyor bo‘lmaganlar uchun ajoyib imkoniyat.
  • Bu maqom ijodiy soha vakillari — yolg‘iz ishlaydigan, jamoa jalb qilmasdan yaratuvchanlik bilan shug‘ullanadiganlar uchun yaratilgan.
  • Internet va frilans orqali ishlaydiganlar uchun ham ayni qulaylik.
  • O‘z-o‘zini band qiladiganlar do‘konlar, savdo nuqtalari va maxsus maydonlar bilan hamkorlik qila oladi.
  • Bu maqom sevimli mashg‘ulotni asosiy ish bilan birgalikda olib borish imkonini beradi — qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin.
  • Soliq idorasiga hisobot topshirish shart emas — naqd yoki onlayn pul olayotganingizdan qat’i nazar.

O‘z-o‘zini band qiladiganlarning daromadi va kelajakdagi rejalari

“Daromad brendga qancha vaqt va kuch sarflayotganingizga bog‘liq. Qancha ko‘p mehnat qilsangiz, shuncha ko‘p topasiz. Lekin, ha, o‘z-o‘zini band qiladigan odam oyiga bemalol $1000 ishlab topishi mumkin. Asosiysi — rostdan ham ishlash kerak.”

Brendni kengaytirish haqida gapirish hali erta, ammo Vladislavaning rejalarida faqat Teplo Store bilan emas, boshqa savdo nuqtalari bilan ham ishlash, marketlar, ko‘rgazmalar va festivallarda qatnashish bor. Eng kutilgan tadbirlardan biri — Teplo Fest bo‘lib, u sentabr oyida Toshkent Yapon bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda taqinchoq ustalari, kiyim dizaynerlari, musiqachilar va boshqa ko‘plab san’at vakillari to‘planadi.

Kelajakda YaTT yoki MChJ ochish kerak bo‘lishi mumkin, ammo hozircha qahramonimiz o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomidan to‘liq qoniqadi. U bu maqomni ijodiy erkinlik deb ataydi. Yangi boshlayotgan, orzusi bor, lekin ish boshlashga jur’at eta olmayotganlarga esa shunday deydi:

“Eng muhimi — qaror qabul qilish. Ko‘zingizni yuming va noma’lumlik sari bir qadam tashlang. Keyin hammasi o‘z-o‘zidan harakatga keladi. Sizga kerakli insonlar, voqealar va imkoniyatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Bunday rivojlanishlarni ko‘rib, siz o‘zligingizni topasiz va orzuingiz sari olg‘a va yana olg‘a intilish istagi paydo bo‘ladi.”

O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun onlayn kreditlar

Bugungi kunda O‘zbekistonda kredit olish uchun uydan chiqishingiz ham shart emas. TBC Bank o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun maxsus taklif taqdim etadi.

Jarayon juda oddiy: ilovaga kirasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, ariza to‘ldirasiz va bir daqiqada javob olasiz. Endi bankga borib, hujjat yig‘ish va haftalab kutishning hojati yo‘q!

Sizdan talab qilinadigan narsa — o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomiga ega bo‘lish, arizani to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Agar hammasi tayyor bo‘lsa, eng yoqimli bosqichga o‘tamiz. Tasdiqlangach, pul TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga tushadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bilan biznesingiz albatta rivojlanadi!

* So‘nggi 300 000 foydalanuvchining kredit bo‘yicha qaror qabul qilishining o‘rtacha vaqti. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga qarab bir daqiqadan kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Foiz stavkasi: 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 mingdan 100 million so‘mgacha. Batafsil shartlar: tbcbank.uz.