Aloqada bo‘ling

Oʻzbek tilidagi rep qoʻshiq Yandex xit-paradida yetakchilik qilmoqda

Oʻzbek tilidagi rep qoʻshiq Yandex xit-paradida yetakchilik qilmoqda

AbroBey tomonidan kuylangan “Qimmat dunyo” taronasi Yandex Music xit-paradining Oʻzbekiston boʻyicha talqinida birinchi oʻrinda bormoqda.

Ushbu qoʻshiq 24-noyabr kuni premyera qilingan. Unda jamiyatdagi adolatsizliklar hamda insonlarning ikkiyuzlamachiligi kuylanadi.

Qoʻshiqqa ishlangan mud-video YouTubeʼda 4 million martadan koʻproq tomosha qilindi. Spotify va Yandex Music platformalarida esa 100 ming martadan ortiq tinglandi.

Yosh xonanda, shuningdek, 30-dekabr kuni “Bolalik” nomli qoʻshigʻini premyera qiladi. Ushbu tarona ham muxlislar tomonidan iliq kutib olingan. Buni Instagramʼdagi faollikdan bilish mumkin.