O‘zbekiston banklari: 2025-yil iyun-sentyabr oylarida kimlar eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi?

Joriy yilning iyun oyida Wunder Digital mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot e’lon qilinganidan beri vaziyat o‘zgardi: SEO samaradorligi reytingini tuzishda tahlilchilar yangi omilni — o‘zbek tilidagi so‘rovlar sonining ko‘payishini hisobga olishdi. Yangilangan reytinglar 30 ta tashkilotning veb-saytlarini tahlil qilish asosida tuzilgan.
Birinchi qadam banklar mavzusi bo‘yicha foydalanuvchilarning so‘rovlari asosida semantikani to‘plash bo‘ldi. Kalit so‘zlardan foydalanish chastotasi ko‘rib chiqildi, shuningdek, tematik guruhlar aniqlandi. Shundan so‘ng Wunder Digital jamoasi O‘zbekistondagi Google va Yandex qidiruv tizimlarida saytlarning o‘rnini tekshirdi. Reytingni tuzishda mutaxassislar o‘zbek tilidagi so‘rovlarni hisobga olishdi va maxsus formula bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdi.
Umumiy ko‘rinish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi o‘ntalikka kimlar kiradi?
Yangilangan va to‘ldirilgan tadqiqot natijalarida Aloqabank yetakchi o‘rinni egalladi (65,40%). Bank veb-sayti Google va Yandex`da ko‘rinish sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘rinda — Mikrokreditbank (49,19%). Reytingning uchinchi pog‘onasini Ipak Yo‘li Bank (44,82%) egalladi.
Kengaytirilgan tadqiqotga birinchi marta Xalq banki va SQB tashkilotlari kiritildi, ularga to‘rtinchi va oltinchi o‘rinlar biriktirildi.
Batafsil ma’lumotni jadvaldan o‘qing.
Googleda ko‘rinish ko‘rsatkichlari
Ushbu qidiruv tizimida birinchi o‘rinni Aloqabank egalladi (66,39%). Ikkinchi o‘rinda 53,61 foiz ko‘rsatkich bilan Mikrokreditbank joylashgan. Xalq banki (48,11%) Google`da SEO-targ‘ibotga urg‘u berib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Batafsil ma’lumotni jadvaldan o‘qing.
Yandex ko‘rinish ko‘rsatkichlari
Ushbu platformaning yetakchisi Ipak Yo‘li Bank (58,46%) bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Aloqabank (56,51 foiz) qayd etilgan. Uchinchi o‘rinda Hamkorbank (54,27 foiz).
Batafsil ma’lumotni jadvaldan o‘qing.
Reytingning yuqori o‘rinlarini nafaqat Google`da, balki Yandex`da ham qidiruv tizimini optimallashtiruvchi Aloqabank va Ipak Yo‘li Bank egallab turibdi.
Tashkilotlarning bir qismi qidiruv tizimlaridan faqat bittasida SEO`dan faol foydalanadi.
30 ta bankdan 7 tasida ko‘rinish darajasi 1 foizdan kam, bu esa qidiruv natijalarida ishtirok etish darajasi juda past ekanligini ko‘rsatadi. Jiddiy optimallashtirish o‘tkazilmasa, bunday tashkilotlar potensial mijozlarni yo‘qotishi mumkin.