Ob-havo

O‘zbekiston bo‘ylab seshanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston bo‘ylab seshanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Joriy yilning 17-19-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha havo ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 37-42°, janubda va cho‘l hududlarida 43-44° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32° bo‘ladi.