Ob-havo

O‘zbekiston bo‘ylab shanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston bo‘ylab shanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-22 iyunda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishu mumkin. Harorat 33-38°, janubda va cho‘l hududlarida 40-42° gacha bo‘ladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, Fargona vodiysi viloyatlaring tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkun. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.