Aloqada bo‘ling

Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdorlari maʼlum boʻldi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdorlari maʼlum boʻldi

2-iyul kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda delegatsiya bayroqdorlari etib boks boʻyicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov hamda qilichbozlik boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining oltin va bronza medallari sohibi Zaynab Dayibekova belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Parij Olimpiadasida Oʻzbekiston vakillari futbol va kamondan otish sport turlari boʻyicha ilk bor ishtirok etadi.