Pul

O‘zbekiston limon eksportini deyarli 5 foizga oshirdi

O‘zbekiston limon eksportini deyarli 5 foizga oshirdi

2025-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston umumiy 1,7 ming tonna limon eksport qildi. Bu hajm 2024-yilning shu davriga nisbatan 4,6 foizga ko‘pdir.

Sitrus mevalarni xorijga sotishdan tushgan daromad 2,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu ma’lumotni EastFruit portali taqdim etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi bergan raqamlarga ko‘ra, eksport qilingan limonning katta qismi Rossiyaga yo‘naltirilgan — 10 ming tonnadan ortiq. Shuningdek, Qozog‘iston 600 tonnadan ziyod, Qirg‘iziston esa 81 tonna limon xarid qilgan. Yana 5 tonnalik limon boshqa davlatlarga yetkazib berilgan.

Shu bilan birga, iyun oyida O‘zbekiston ichki bozorida limon narxi keskin oshdi. Narx 65 foizga qimmatlashib, rekord darajaga yetdi. Ayni vaqtda limon narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch baravar yuqoriligi bilan ajralib turibdi.