Sport

O‘zbekiston MTJ Qatarga qarshi oq libosda o‘ynaydi

O‘zbekiston MTJ Qatarga qarshi oq libosda o‘ynaydi

Milliy jamoa 10-iyun kuni JCH-2026 saralashi so‘nggi uchrashuvida Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Futbolchilarimiz mazkur bahsda to‘liq oq, darvozabon esa qora libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.