Oʻzbekistonda 11-noyabr kungi valyutalar kursi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Amerika valyutasining soʻmga nisbatan kursi qariyb 14 soʻmga oshib, 12 822,98 soʻmni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi. Bu haqda “Pulbek” nashri xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 822,98 soʻm etib belgiladi. Kun davomida kurs 13 soʻm 93 tiyinga oshdi.
Oʻzbek soʻmi ketma-ket uchinchi oy arzonlashmoqda. Oktyabr oyida milliy valyuta 59 soʻm, yil boshidan beri esa 3,5% qadrsizlandi.