O‘zbekistonda 17-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Bugun, payshanba kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 36-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44° gacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.